Yangiliklar

FUQARO MUROJAATI BO‘YICHA DEPUTATLIK TAKLIFI VA SO‘ROVI KIRITILDI

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Avazbek Appaqov tomonidan fuqaroning murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Deputat Madaniyat MFY raisi bilan birgalikda fuqaroning yashash xonadonida bo‘lib, murojaatda ko‘rsatilgan masalalar va mavjud sharoitlarni o‘rgandi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, fuqaroning uy-joyini ta’mirlash masalasini ijobiy hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik taklifi va deputat so‘rovi kiritildi.

Murojaatni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va amaliy yordam ko‘rsatish masalasi deputat nazoratiga olindi.