Yangiliklar

MUSTAQILLIK — ENG ULUG‘ QADRIYAT!

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Dilafruz Qurbonova Andijon pedagogika texnikumida xodimlar va o‘quvchilar bilan uchrashib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda yaqin yillarga mo‘ljallangan milliy dasturlarning mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berdi.

“Ma’naviyat soati” doirasida o‘quvchilar ishtirokida O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlash, yoshlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirishga qaratilgan o‘quv filmlari namoyish etildi.

Shuningdek, taqdim etilgan qo‘llanma asosida milliy dasturlarning asosiy yo‘nalishlari haqida ma’lumotlar berilib, yoshlar bilan fikr almashildi.

Deputat tomonidan yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini oshirish, ularni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash hamda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib borildi.

Slide 1 of 3