Yangiliklar

Aholini daromad manbai bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi

Aholini daromad manbai bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev, Inson ijtimoiy xizmatlari markazi direktori v.v.b. M.Mamatov hamda mas’ullar tomonidan Ko‘paki mahallasida band bo‘lmagan, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi va oilalarni daromad manbai bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Muloqot davomida aholini, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash, doimiy daromad manbalariga yo‘naltirish hamda oilalar daromadini oshirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.