Yangiliklar

DEPUTAT SO‘ROVI — MUHIM VOSITA

Deputat o‘z saylov okrugidagi fuqarolar murojaatlari va hududdagi muammolar yuzasidan tegishli davlat organlari hamda tashkilotlarga deputat so‘rovi kiritishi mumkin.

Deputat so‘rovi orqali masalaning holati o‘rganilib, muammoni hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi va natijasi haqida axborot taqdim etilishi so‘raladi.

Deputat so‘rovi fuqarolar manfaatlarini himoya qilish va ularning murojaatlariga amaliy yechim topishda muhim vositalardan biridir.