35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Manzilli o‘rganish va targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi

Manzilli o‘rganish va targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati G.Abdullayeva O‘rtaqishloq mahallasida bo‘lib, hududdagi ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlam vakillari hamda "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" axborot tizimida ro‘yxatda turuvchi oilalar holidan xabar oldi.
Jumladan, deputati G.Abdullayeva va mahalla xotin-qizlar faoli N.Xudayberganova tomonidan
Amudaryo ko‘chasi 23-uyda istiqomat qiluvchi Shaydona Isakova xonadonida bo‘lib, oilaning turmush tarzi, yashash sharoitlari, ularni qiynab kelayotgan masalalar hamda ijtimoiy muammolar bilan atroflicha tanishdilar. Suhbat davomida xonadon egasining muammolarini hal etish, uni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash yuzasidan mas'ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi.