XALQ DEPUTATLARI CHILONZOR TUMANI KENGASHINING 21–25-SENTABR KUNLARIGA MO‘LJALLANGAN ISH REJASI
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda obodonlashtirish, ijtimoiy obyektlar holatini o‘rganish va aholi uchun qulay sharoitlar yaratish yo‘nalishida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
🔹 1. Mavlonov Azam Qarshiyevich
21-Xirmontepa saylov okrugi deputati, O‘zMTDP
Kuz-qish mavsumida ijtimoiy obyektlardagi isitish tizimlarining holatini «Eng muhim 24 ta yo‘nalish»ning 11-bandi doirasida o‘rganadi.
Mas’ul: X. Mirzayeva
🔹 2. Mahmudova Donoxon Artikovna
5-Charx Kamolon saylov okrugi deputati, O‘zXDP
Mahallalarda aholi va bolalar uchun sport inshootlari, sport anjomlarining mavjudligi hamda jihozlarning holatini «Eng muhim 24 ta yo‘nalish»ning 3-bandi doirasida o‘rganadi.
Mas’ul: X. Mirzayeva
🔹 3. Ahmedov Shuhrat Murotovich
14-Gavhar saylov okrugi deputati, O‘zXDP
Mahalla ichki ko‘cha yo‘llarining holatini «Eng muhim 24 ta yo‘nalish»ning 8-bandi doirasida o‘rganadi.
Mas’ul: X. Mirzayeva
🔹 4. Doimiy komissiyalarning navbatdagi yig‘ilishi
Kengash doimiy komissiyalarining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish.
Mas’ul: X. Mirzayeva
🔹 5. Sultonov Bahodir Turgunovich
3-Katta Chilonzor saylov okrugi deputati, O‘zLiDeP
3-Katta Chilonzor saylov okrugiga qarashli mahallalarda «Eng muhim 24 ta yo‘nalish» doirasida o‘rganish ishlarini olib boradi.
Mas’ul: X. Mirzayeva
📌 Xalq bilan birga — hududlar rivoji va farovonligi yo‘lida!