35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Fuqarolar murojaatlari deputat e’tiborida

Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashi deputati, tuman hokimi Asilbek Ashurov tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolarning uy-joy, kadastr, ichki yo‘llarni ta’mirlash, elektr ta’minoti hamda boshqa ijtimoiy-maishiy masalalarga oid murojaatlari tinglandi.

Deputat sifatida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni tegishli mutasaddilar ishtirokida o‘rganish, ularning qonunchilik doirasida hal etilishini ta’minlash va murojaatlar ijrosini nazoratga olishga alohida e’tibor qaratildi.

Fuqarolar bilan bunday bevosita muloqotlar hududdagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni amaliy hal etish choralarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 4