35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

🚶‍♂️ HOKIM VA DEPUTAT 5000 QADAM — SOG‘LOM HAYOT SARI!

Bugun Shodlik mahallasi hududida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish va ommaviy yurish madaniyatini shakllantirish maqsadida «5000 qadam» aksiyasi o‘tkazildi.

Aksiyada tuman hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Otabek Mavlyanov, tuman Kengashi deputati Xudayberdiyev Umidullo Boqiyevich, jamoatchilik vakillari, faollar hamda mahalla aholisi ishtirok etib, birgalikda 5000 qadam yurishdi.

Tadbir davomida jismoniy faollikning inson salomatligi uchun ahamiyati, kundalik hayotda muntazam harakat qilishning foydali jihatlari ta’kidlandi.
🌿 Sog‘lom hayot — katta maqsadlardan emas, har kuni tashlangan oddiy qadamlardan boshlanadi!

💪 5000 qadam — bu shunchaki yurish emas, sog‘lom kelajak sari harakatdir!

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 4