35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH — E’TIBOR MARKAZIDA

Xalq deputatlari Jizzax viloyati kengashi deputati A.Eshmatov va tuman Kengashi deputati, tumani hokimi X.Abduvoxidov, tomonidan Bog‘ishamol mahallasida tadbirkorlik subyektlari faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida tadbirkor A.O‘rolov tomonidan yo‘lga qo‘yilgan nonvoychilik hamda tez tayyorlanadigan ovqatlanish shoxobchalari faoliyati bilan tanishildi.

Tashrif davomida tadbirkorning mavjud imkoniyatlari, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada kengaytirish istiqbollari hamda sohada uchrayotgan masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish, ishlab chiqarish quvvatlarini zamonaviylashtirish hamda qo‘shimcha kredit mablag‘larini jalb etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Slide 1 of 2