Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi Raisi, deputati Yusupov R. tomonidan “Xiyobontepa” mahallasida ekologiya, atrof-muhit muhofazasi va hudud obodonchiligi holati o‘rganildi.
🔎O‘rganish davomida mahallada maishiy chiqindilarni to‘plash uchun maxsus konteyner mavjud emasligi sababli chiqindilarni tartibli yig‘ish bilan bog‘liq muammo yuzaga kelayotgani aniqlandi.
🔵Mazkur masala yuzasidan “Maxsustrans” mas’ullariga bir necha bor murojaat qilinib, hududga chiqindi konteyneri ajratish masalasi ko‘tarilgan.
📌Deputat tomonidan ushbu masalani nazoratga olish, chiqindilarni belgilangan tartibda yig‘ish va hududning sanitariya-obodonlik holatini yaxshilash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.