Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Ashrapova I. tomonidan bolalarni ularning sog‘lig‘i va rivojlanishiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan axborotlardan himoya qilish mavzusida bolalar bilan suhbat o‘tkazildi.
👧👦Suhbat davomida internet va ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish, zararli va ishonchsiz axborotlarni farqlash, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish hamda axborot xavfsizligi qoidalariga rioya etish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
🔹Shuningdek, axborot mahsulotlarining yoshga oid «0+», «7+», «12+», «16+», «18+» tasniflari va ularning mazmuni haqida ma’lumot berildi.
📌Mazkur masalalar “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 848-son qarori talablari asosida tartibga solinadi.
🤝Tadbir davomida yosh avlodning axborot xavfsizligini ta’minlash, huquqiy va axborot savodxonligini oshirish hamda internet muhitidagi turli xavflarning oldini olish muhimligi ta’kidlandi.
Bizni kuzatishda davom eting!