35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB BERILDI

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “2-Qo‘shtegirmon” saylov okrugi deputati G‘.Abdullayev tomonidan “Qo‘shtegirmon-1” mahalla fuqarolar yig‘inining “Obod” ko‘chasida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida 1 kilometr yangi ichimlik suvi tarmog‘ini tortish yuzasidan 2026-yil 4-sentabr kuni 71-ds-287-26-sonli deputat so‘rovi yuborilgan edi.

⬇️Mazkur deputat so‘roviga Bag‘dod tumani hokimining o‘rinbosari U.Yigitaliyev tomonidan rasmiy javob xati taqdim etildi.

🔴Deputat so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan “Qo‘shtegirmon-1” MFY hududidagi “Obod” ko‘chasida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.

🔴O‘rganishlar davomida “Obod” ko‘chasiga 1 kilometr uzunlikda yangi ichimlik suvi tarmog‘i tortish zarurati mavjudligi aniqlandi.

🔴Mazkur masalani hal etish maqsadida “Farg‘ona suv ta’minoti” AJ Bag‘dod tumani filiali bilan hamkorlikda tegishli ishlar olib borilib, hozirgi kunda 900 metr uzunlikdagi ichimlik suvi tarmog‘i ajratilgan.

⏺Shuningdek, mazkur tarmoqni tortish bo‘yicha qurilish-montaj ishlarini homiylik mablag‘lari hisobidan amalga oshirish belgilangan bo‘lib, hozirgi kunda ushbu ishlarni amalga oshirish ishlari rejalashtirilayotganligi ma’lum qilindi.

Slide 1 of 1