BOLALARNI ZARARLI AXBOROTDAN HIMOYA QILISH BO‘YICHA ISHCHI GURUH TUZILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo'yicha doimiy komissiyasi tomonidan bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotlardan himoya qilish holatini o‘rganish maqsadida ishchi guruh tuzildi.Mazkur o‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasining «Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 848-son qarori talablari ijrosini ta’minlashga qaratilgan.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.