Deputat va fuqarolar uchrashuvi: muammolar o‘rganilib, yechimlar belgilandi
Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashi kotibiyat mudiri, 19-Xushali saylov okrugi deputati F.Bektemirov Kengash huzuridagi ekspert guruhi a’zolari bilan hamkorlikda o‘z saylov okrugida fuqarolar bilan uchrashib, ularning muammo, taklif va tashabbuslarini o‘rgandi.
Uchrashuv davomida aholini qiynab kelayotgan masalalar atroflicha tahlil qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengash deputatlarining “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganishlar natijasida aniqlangan muammolarni tuman mas’ullari ishtirokida joyida hal etish, yechimi qo‘shimcha choralarni talab qiladigan masalalarni esa doimiy komissiyalar va Kengash sessiyalari muhokamasiga kiritish bo‘yicha kelishib olindi.
Xalq bilan muloqot – muammolar yechimining eng samarali yo‘li!