35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

“Ochiq budjet” doirasidagi tashabbuslar o‘rganildi

 “Ochiq budjet” doirasidagi tashabbuslar o‘rganildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PQ-5072-sonli “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida “Ochiq budjet” axborot portalida ovoz berish jarayonida g‘olib bo‘lgan tashabbuslarni moliyalashtirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.Mazkur masala yuzasidan deputat X. Saidova tomonidan sessiya oldi o‘rganish va monitoring tadbirlari olib borildi.
O‘rganish davomida g‘olib bo‘lgan tashabbuslarning amaldagi holati, ajratilgan mablag‘lardan foydalanish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
Monitoring tadbirlarining asosiy maqsadi — fuqarolar tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarning o‘z ifodasini topishini ta’minlash, mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishini o‘rganish hamda aniqlangan masalalarni sessiya muhokamasiga olib chiqishdan iborat.

Slide 1 of 2