35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

“Karmaki” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

#kunlik_ish_reja_ijrosi #kotibiyat_xodimi_faoliyati
#mahalla_yettiligi_bilan_hamkorlik

“Karmaki” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 21-“Karmaki” saylov okrugidan saylangan deputat B. Mo‘minovning saylov okrugidagi “Karmaki” mahallasida tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Donayev tomonidan mahalla hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida hokim yordamchisi tomonidan mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolarning daromad manbalarini oshirish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, mahalladagi mavjud muammolar, aholi bilan ishlash samaradorligi hamda aniqlangan masalalarni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, ishlarning ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati olib borilishi belgilandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2