35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

📍 Sayyor qabul: fuqarolar murojaatlari o‘rganilmoqda

🤝 Sayyor qabul davomida fuqarolarning ishga joylashish, farzandiga bolalar nafaqasi tayinlash, yolg‘iz yashovchilarga ko‘mak ko‘rsatish kabi masalalardagi murojaatlari tinglandi.
Jumladan, Risaliyev ko‘chasida yashovchi fuqaro D.Basmanova farzandini ishga joylashtirish bo‘yicha murojaat qildi. Murojaat tegishli tartibda o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatish choralari belgilanishi bildirildi.
Shuningdek, O‘zbekiston ko‘chasida yashovchi fuqaro S.Fayziyeva yolg‘iz yashayotgani hamda xonadonidagi isitish tizimi quvurlari yorilib ketgani yuzasidan murojaat qildi.
Mazkur murojaatni batafsil o‘rganish maqsadida mahalla hokim yordamchisi bilan birgalikda fuqaroning xonadoniga borib, joyiga chiqqan holda o‘rganish o‘tkazish va natijasiga ko‘ra amaliy yordam ko‘rsatish tushuntirildi.