35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

DEPUTAT KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, FUQAROLAR MUROJAATLARINI O‘RGANDI.

DEPUTAT KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, FUQAROLAR MUROJAATLARINI O‘RGANDI.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 18-Yangi turmush saylov okrugi deputati Sevara Yo‘ldosheva tomonidan fuqarolar bilan bevosita muloqot o‘tkazilib, ularning murojaat va takliflari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Deputat ko‘chama-ko‘cha yurib, aholini qiynayotgan masalalarni aniqlash, ularning yechimini topish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish maqsadida fuqarolar bilan suhbatlashdi.O‘rganishlar davomida, xususan, elektr energiyasi ta’minoti, yo‘l infratuzilmasi hamda svetofor bilan bog‘liq muammolar yuzasidan murojaatlar tinglandi.

Jumladan, Jo‘rayev Azamat, Malikova Salomat tomonidan bildirilgan murojaatlar atroflicha o‘rganilib, masalalarni tegishli tartibda hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.Deputatlik faoliyatining asosiy mezoni — aholi bilan doimiy muloqotda bo‘lish, muammolarni joyida o‘rganish va ularning amaliy yechimiga ko‘maklashishdir.

Slide 1 of 1