Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri I. Masharipov, kotibiyat bosh mutaxassisi U. Ruzmetov hamda tuman adliya bo‘limi boshlig‘i N. Raximov ishtirokida hamkorlik uchrashuvi o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida yangi qabul qilinayotgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis Senati qarorlari hamda ularning mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, Kengash tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni qonunchilik talablariga muvofiq ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Kengash qarorlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish, hujjatlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish hamda jamoatchilik muhokamasiga joylashtiriladigan qarorlar yuzasidan fikr va takliflar almashildi.
Muloqot davomida Kengash qarorlarining qonuniyligi va sifatini ta’minlash, huquqiy ekspertiza jarayonlarini yanada takomillashtirish hamda tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha tegishli takliflar bildirildi.
📌 Huquqiy jihatdan puxta va qonunchilik talablariga mos qarorlar — samarali Kengash faoliyatining muhim asosidir.