🔹 Tuman Kengashi deputati biriktirilgan tashkilot — Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman bo‘limida bo‘lib, bo‘lim rahbari U.K. Ismoilov tomonidan olib borilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandi.
🔎 O‘rganish jarayonida Tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi mas’ul kotibi P. Raxmonov bilan birgalikda tashkilot faoliyati, mavjud muammolar hamda ularni hal etish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
🤝 Asosiy maqsad — biriktirilgan tashkilot bilan deputatlik hamkorligini yanada kuchaytirish va mavjud muammolarni birgalikda hal etish.