🔹 Tuman Kengashi deputati Z. Arazova “Ko‘chama-ko‘cha aylanish” loyihasi doirasida Hazorasp mahallasi faollari bilan uchrashdi.
🔎 Uchrashuv davomida mahallaga ajratilgan mablag‘lar hisobidan ta’mirlangan ichki yo‘llar ko‘zdan kechirilib, amalga oshirilgan ishlarning holati o‘rganildi.
💬 Shuningdek, fuqarolar bilan muloqotda mahalladagi mavjud muammolar muhokama qilinib, ularni hal etish yuzasidan deputatning taklif va tavsiyalari bildirildi.
🎯 Asosiy maqsad — muammolarni joyida aniqlash, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularning amaliy yechimiga ko‘maklashish.