35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

18-MAKTABDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

18-MAKTABDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

✅ Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri O‘.Murodov hamda 11-Qo‘rg‘oncha saylov okrugi deputtai Yu.Aliyevlar bilan birgalikda Xo‘jaidod MFY hududidagi 18-sonli umumta’lim maktabining 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

✅ O‘rganish davomida maktabning isitish tizimi, qish mavsumida o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda yoqilg‘i zaxirasi holatiga e’tibor qaratildi.

✅ Ma’lum qilinishicha, maktab uchun 20 tonna ko‘mir yoqilg‘isi jamg‘arilgan bo‘lib, mavsumni barqaror o‘tkazish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.

✅ Shuningdek, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, isitish tizimlarini mavsum boshlanishidan oldin to‘liq shay holatga keltirish va ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

📌 Asosiy maqsad — qish mavsunida o‘quvchilar uchun iliq, xavfsiz va qulay ta’lim muhitini ta’minlash.

Slide 1 of 3