35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

#munosabat


🔽ALIFBODAGI O‘ZGARISH — TILIMIZ TARAQQIYOTI YO‘LIDAGI MUHIM QADAM

🇺🇿O‘zbek tilining lotin yozuviga asoslangan alifbosini takomillashtirishga qaratilgan qonunning Senat tomonidan ma’qullangani, avvalo, ona tilimizning zamonaviy talablar asosida rivojlanishi uchun muhim qadamdir.
🌏Alifbodagi O‘ o‘ → Ö ö, G‘ g‘ → Ğ ğ, Sh sh → Ş ş, Ch ch → Ç ç kabi o‘zgarishlar yozuv tizimini ixchamlashtirish, har bir tovushni alohida harf bilan ifodalash hamda o‘zbek tilining o‘ziga xos xususiyatlarini yanada aniq aks ettirishga xizmat qiladi.
🌏Ayniqsa, amaldagi alifbo asosida rasmiylashtirilgan hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qog‘ozlarning to‘siqsiz muomalada qolishi, shuningdek, davlat organlari peshlavha va ko‘rsatkichlaridan belgilangan muddatgacha foydalanishga ruxsat berilishi o‘tish jarayonida ortiqcha noqulayliklarning oldini oladi.
🌏Deputat sifatida ushbu tashabbusni ona tilimizning nufuzi, yozuv madaniyatini takomillashtirish va kelajak avlod uchun yanada qulay alifbo tizimini shakllantirish yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholayman.

Rohila Bozorova,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati,