#biriktirilgan_tashkilot
Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi B.Shakarov hamda tuman hokimligi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisi J. Bekanov tomonidan hududda olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi.
O‘rganish davomida hududning tashqi qiyofasini yaxshilash, yo‘l bo‘ylarini tartibga keltirish, piyodalar uchun zamonaviy va xavfsiz yo‘laklar barpo etish, aholining erkin va qulay harakatlanishi uchun zarur sharoitlarni yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning borishi ko‘zdan kechirildi.
Mazkur ishlar nafaqat hududni obod va ko‘rkam holga keltirish, balki piyodalar xavfsizligini ta’minlash, yo‘l harakatini tartibga solish hamda aholi uchun qulay infratuzilma yaratishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|