O‘rganish davomida boshqaruv kompaniyasi faoliyati samaradorligi, ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklari (pod’yezdlari), yerto‘lalari, tutash hududlarning obodonlashtirilishi va tozaligi, shuningdek, yoritish tizimining holatiga alohida e’tibor qaratildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ko‘p qavatli uylar va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish, shuningdek, aholi uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
Aniqlangan masalalarning ijrosi bo‘yicha ishlar deputatlar nazoratiga olindi.
Aholi uchun qulay, obod va xavfsiz muhit yaratish — doimiy e’tiborda!