Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi tomonidan "Bo‘ston" mahalla fuqarolar yig‘inida hudud infratuzilmasi va aholi yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.
🏛 Tadbirda ishtirok etganlar:
12-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputat, Kengash kotibiyati mudiri M.Xujanov;
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Mamatmuratov;
Kotibiyat bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqov.
🔍 O‘rganish davomida asosiy e’tibor qaratilgan yo‘nalishlar:
🏢 Boshqaruv kompaniyalari faoliyati: Ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatish samaradorligi va sifati tahlil qilindi;
🛠 Sanitariya va tozalik: Binolarning ichki yo‘laklari (pod’ezdlar), yerto‘lalar hamda tutash hududlarning tozalik holati ko‘zdan kechirildi;
💡 Yoritish va obodonlashtirish: Hududning tungi yoritilish darajasi hamda olib borilayotgan obodonlashtirish, jumladan, ariq va yo‘laklarni tartibga keltirish ishlari bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
📋 Xulosa va topshiriqlar: O‘rganish yakunlariga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, aholini qiynayotgan mavjud muammolarni hal qilish hamda sanitariya holatini yanada yaxshilash yuzasidan mas’ul tashkilot rahbarlariga tegishli tavsiya va qat’iy topshiriqlar berildi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz