O‘rganish jarayonida aholini, ayniqsa, ishsiz va ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolarni munosib ish o‘rinlariga joylashtirish, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va daromad manbalarini shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
✔️Shuningdek, kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha oilalar bilan manzilli va individual ishlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, aholi bandligini ta’minlash hamda yangi ish o‘rinlari yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✔️O‘rganish yakunida aniqlangan masalalarni bartaraf etish, ishsiz fuqarolarni kasb-hunar va tadbirkorlikka keng jalb qilish, aholi daromadlarini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va vazifalar berildi.