35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

24-BAND: TASHQI REKLAMALAR HOLATI DEPUTATLIK NAZORATIDA

24-BAND: TASHQI REKLAMALAR HOLATI DEPUTATLIK NAZORATIDA
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan 24-band doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-son qarori ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati davom etmoqda.
📍 Navbatdagi o‘rganish ishlari Amir Temur mahallasida olib borilib, hududdagi savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarida joylashtirilgan tashqi reklama vositalarining holati ko‘zdan kechirildi.
🔎 O‘rganish jarayonida tashqi reklamalarning joylashtirilishi, ko‘rinishi hamda amaldagi belgilangan talablarga muvofiqligi tahlil qilindi.
📌 Maqsad — hududda tashqi reklama vositasining tartibli va belgilangan talab asosida joylashtirilishini ta’minlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda qonunchilik talablariga rioya etilishini kuchaytirish.
Deputat nazorati — qonun talablarining joylarda qanday ijro etilayotganini o‘rganish va aniqlangan masalalar yuzasidan amaliy choralar ko‘rildi.

Slide 1 of 1