Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 tavsiya asosida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi, deputat Dildoraxon Raxmatullayeva o‘z tashabbusi bilan Andijon shahridagi 50-sonli umumta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.
O‘rganish davomida maktab binosining isitish tizimini soz holatga keltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish uchun yoqilg‘i mahsulotlari zaxirasini yaratish holati ko‘zdan kechirildi.
Deputat tomonidan mavsumni munosib o‘tkazish, ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun qulay sharoitlarni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.