35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

24 TAVSIYA — OBODONLASHTIRISH ISHLARI NAZORATDA

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi bosh mutaxassislari tomonidan hududlarda obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, hududlarni tartibga keltirish hamda aholi uchun qulay va obod muhit yaratish yuzasidan 24 ta tavsiya berilmoqda.

Mazkur tavsiyalar ijrosi yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, amalga oshirilayotgan ishlar doimiy nazoratga olinmoqda.

Hududlarni obodonlashtirish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish hamda fuqarolar uchun qulay sharoit yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 1