35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

DEPUTAT TASHABBUSI BILAN — 5000 QADAM!

 Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Dilafro‘z Qurbonova tashabbusi bilan ustozlar va o‘quvchilar ishtirokida ertalabki saflanish, badantarbiya hamda 5000 qadam yurish tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida haftalik chora-tadbirlar haqida ma’lumot berilib, ishtirokchilar badantarbiya mashqlarini bajardilar. Shuningdek, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida 5000 qadam yurish harakati amalga oshirildi.

Bunday tashabbuslar jamoada sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish va salomatlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4