35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi

Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
Tuman Kengashi raisi A. Zikiryayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Bektemirov bilan birgalikda tuman Xalq qabulxonasiga kelib tushayotgan fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida fuqarolar tomonidan ko‘tarilayotgan masalalar, ularning mazmun-mohiyati hamda murojaatlarni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, aholi muammolarini joyida o‘rganish hamda ularning qonuniy yechimini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
Fuqarolar murojaatlari — doimiy e’tibor va nazoratda.

Slide 1 of 3