35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Ilgaldi mahallasida infratuzilma ishlari o‘rganildi

Ilgaldi mahallasida infratuzilma ishlari o‘rganildi
Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi raisi A. Radjabov, Qo‘shko‘pir tumani Kengashi raisi M. Tangriberganov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A. Erkinovlar Ilgaldi mahallasida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-49-sonli qaroriga asosan hududda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.
O‘rganish davomida Ilgaldi MFYning Maktab ko‘chasi hududidagi zaxkashning 230metr qismini yopiq drenaj tizimiga o‘tkazish bo‘yicha olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari ko‘zdan kechirildi.

Slide 1 of 1