35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

TAZYIQ VA ZO‘RAVONLIKDAN HIMOYA — DEPUTATLIK NAZORATIDA

TAZYIQ VA ZO‘RAVONLIKDAN HIMOYA — DEPUTATLIK NAZORATIDA
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlari tomonidan xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganish maqsadida ishchi guruh shakllantirilib, tuman IIBda o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, murojaatlar bilan ishlash, himoya orderlarini rasmiylashtirish hamda ularning ijrosini nazorat qilish holatlari tahlil qilindi.
📌 O‘rganish natijalariga ko‘ra:
🔹 tuman hududida 647 ta himoya orderi berilgan;
🔹 himoya orderi talablarini buzgan 21 nafar fuqaroga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda jazo choralari qo‘llanilgan.

Slide 1 of 1