35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

XOTIN-QIZLARNI TAZYIQ VA ZO‘RAVONLIKDAN HIMOYA QILISH — DEPUTATLIK NAZORATIDA

XOTIN-QIZLARNI TAZYIQ VA ZO‘RAVONLIKDAN HIMOYA QILISH — DEPUTATLIK NAZORATIDA
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimining tumandagi ijrosini o‘rganish bo‘yicha qaror qabul qilindi.
Mazkur masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-yanvardagi 3-son qarori talablari ijrosi deputatlik nazorati tartibida o‘rganiladi.
🔹 O‘rganish davomida mahallalar kesimida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan yoki shunday xavf ostida bo‘lgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlash holati;
🔹 himoya orderlarini rasmiylashtirish, ularning ijrosini ta’minlash va talablariga rioya etilishi ustidan nazorat;
🔹 jabrlangan xotin-qizlarga psixologik, huquqiy, tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish samaradorligi;