35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Sh.Eshbayev, Kengash kotibiyati mudiri N.Turdiyev, Kengash deputati I.Qo‘chqorova, Kengash huzuridagi ekspert guruhi a’zosi R.Axmedov, ekspert guruhi kotibi U.Kenjayev hamda faol nuroniylar tomonidan Kengashining 34-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati yuzasidan tuman Elektr tarmoqlari korxonasida 2026-2027-yillar kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish uchun tayyorgarlik holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-49 va PQ-139-sonli qarorlariga asosan 667 dona elektr simyog‘ochlari o‘rnatish belgilangan bo‘lib, amalda 377 dona elektr simyog‘ochlari o‘rnatilganligi aniqlandi.

Slide 1 of 4