35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

SЕSSIYAOLDI O‘RGANISH: RЕGISTON KO‘CHASI ASFALTLASHTIRILISHI MASALASI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan Pastdarg‘om tumani “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan yo‘l infratuzilmasini yaxshilash uchun mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi masala yuzasidan sessiyaoldi o‘rganish ishlari olib borildi.
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati J.Ochilov tomonidan Mehnat mahallasidagi mavjud yo‘l infratuzilmasining holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
📍 Mahallada jami 13 ta ko‘cha mavjud bo‘lib, o‘rganish davomida 4-Registon ko‘chasini asfaltlashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish jarayonida ko‘chaning bugungi holati, aholi uchun keltirib chiqarayotgan noqulayliklar va yo‘lni ta’mirlash zarurati joyida ko‘rib chiqildi. Shuningdek, ko‘chaboshi U.Xolmurodov bilan suhbatlashilib, aholining fikr va takliflari eshitildi.

Slide 1 of 2