35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

#hokim_deputat #19_modda

Oltinsoy tumani hokimi, Xalq deputatlari tumani Kengashi deputati Otabek Mavlyanov tomonidan Xo‘jaipok sog‘lomlashtirish maskanida olib borilayotgan ishlar o‘rganilib, ularning bajarilishi nazorat qilindi.

O‘rganish davomida hududni obodonlashtirish, mavjud infratuzilmani yaxshilash hamda maskanda yaratilgan sharoitlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Mas’ullarga belgilangan vazifalarni sifatli va o‘z muddatida bajarish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 7