#Hukumat_qarori
#162_qonun
O‘zini o‘zi band qilish tartibi tushuntirildi
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 13-O‘zbekiston saylov okrugidan saylangan deputati F.Shakarov tomonidan deputatlik faoliyati yuzasidan axborot berildi.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-dekabrdagi “O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida faoliyatni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 806-son qarorining mazmun-mohiyati aholiga tushuntirildi.
Jumladan, o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tish, faoliyat yuritish tartibi hamda mazkur yo‘nalishda yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|