35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

💠Buyuk Ipak yo‘li mahallasida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar boshlandi

➡️ Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 24-Xo‘jaqiya saylov okrugi deputati, Sherobod tuman hokimi Alimov Usmon Ibrohimovich tomonidan Buyuk Ipak yo‘li mahallasida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi.

➡️ Jarayon davomida tashkilot va soha rahbarlari, mahalla yettiligi hamda mas’ullar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, ehtiyojmand oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, ularning bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

➡️ Shundan so‘ng xonadonma-xonadon yurilib, oilalarning ijtimoiy sharoiti, muammolari va mavjud imkoniyatlari o‘rganildi. Har bir oila uchun individual yondashuv asosida tadbirkorlik, bandlik va qo‘shimcha daromad manbalarini yaratishga qaratilgan amaliy ishlar boshlab yuborildi.

➡️ Asosiy maqsad — har bir oilani daromadli qilish, ularning farovonligini oshirish va kambag‘allikdan barqaror chiqarish.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 3