35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

“BOG’I ERAM”MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI👇👇👇

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Asilova Muxayto tomonidan “Bog’i Eram” mahallasida hokim yordamchisining faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.

👉O‘rganish jarayonida aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, daromad manbalarini kengaytirish hamda fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

✅Mazkur masala deputatlik faoliyatining asosiy 24 ta savolnomasi doirasida ko‘rib chiqilib, hokim yordamchisi tomonidan kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammolarni manzilli hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlik holati muhokama qilindi.

📝Shuningdek, mahallada kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar deputatlik nazorati doirasida tahlil qilindi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 2