35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Kutubxona faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Gayliyev Shamirat Kurbanmiradovich Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Aymbetov bilan birgalikda tuman hududidagi kutubxona faoliyati va undagi sharoitlarni o‘rgandi.

O‘rganish davomida mas’ul xodimlar bilan muloqot qilinib, mavjud ahvol muhokama etildi. Xususan, elektron kutubxonani masalasi muhokama qilinib, zamonaviy talablar asosida faoliyat yuritishini ta’minlash hamda aholi va yoshlarning kitobxonlik qamrovini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xalq deputati tomonidan bildirilgan takliflar yuzasidan mas’ullarning vazifalari belgilab olindi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar doimiy nazoratga olingan.

Slide 1 of 3