35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

YANGI O‘QUV YILI BOSHLANDI!

Tadbirda Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tumani Kengashi deputati N. Haydarova ishtirok etdi.
Tadbir davomida o‘quvchilar, ustozlar va ota-onalarni yangi o‘quv yili boshlanishi bilan tabriklab, yosh avlodga sifatli ta’lim-tarbiya berish, ularning bilim va iste’dodlarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi.
Deputat N. Haydarova o‘quvchilarga yangi o‘quv yilida a’lo baholar, mustahkam bilim, katta marralar va ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
Bayram tadbirida o‘quvchilarning she’r, kuy-qo‘shiq va badiiy chiqishlari namoyish etilib, yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Yangi o‘quv yili barchaga muborak bo‘lsin!

Slide 1 of 7