Boks zali qurilishi boshlandi — deputatlik nazoratida
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati J.Mamadaliyev tomonidan Bo‘ston mahallasidagi 9-sonli umumta’lim maktabi hududida yoshlarni sportga keng jalb etish maqsadida “Ochiq budjet” tashabbusi asosida amalga oshirilayotgan boks zali qurilishi jarayoni joyiga chiqib o‘rganildi.
Avvalgi o‘rganishlarda qurilish ishlari boshlanmagani qayd etilgan bo‘lsa, ayni paytda loyiha bo‘yicha qurilish ishlari boshlangan. Deputat tomonidan loyiha hujjatlari va amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan tanishilib, qurilishning belgilangan talablar asosida, sifatli va o‘z vaqtida bajarilishiga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur loyiha yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish hamda mahallada sport infratuzilmasini yaxshilashga xizmat qiladi. Qurilish ishlarining borishi deputatlik nazoratida.