INKLYUZIV TA’LIM UCHUN 741,6 MLN SO‘M MABLAG‘ YO‘NALTIRILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining 2026-yil 26-avgustdagi VII-33-107-7-101-K/26-son qarori bilan mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan inklyuziv ta’limni rivojlantirishga muhim mablag‘lar yo‘naltirildi.
📚 Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga jami 741 mln 658 ming so‘m mablag‘ ajratilishi belgilandi.
Shundan:
🔹 460 mln 874 ming so‘m — inklyuziv ta’lim joriy etilgan 8, 12, 24, 27, 29, 31, 33, 56, 75, 78, 87, 104, 1, 20, 41 va 46-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida inklyuziv sinflarni jihozlash xarajatlariga;
🔹 280 mln 784 ming so‘m — mazkur maktablarda nogironligi bo‘lgan bolalarning erkin harakatlanishi uchun to‘siqsiz muhit yaratish xarajatlariga yo‘naltiriladi.
🏫 Ushbu mablag‘lar orqali maktablarda inklyuziv ta’lim uchun zarur shart-sharoitlarni yaxshilash, maxsus ehtiyojga ega bolalarning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish hamda ular uchun qulay va to‘siqsiz ta’lim muhitini yaratish ko‘zda tutilgan.
🤝 Har bir bola sifatli ta’lim olishga haqli. Inklyuziv ta’lim — teng imkoniyatlar sari muhim qadam!
📌 Ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi deputatlik nazorati doirasida e’tiborda bo‘ladi.