35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

4-BAND IJROSI: TADBIRKORLIK VA BANDLIK HOLATI O‘RGANILDI

4-BAND IJROSI: TADBIRKORLIK VA BANDLIK HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 4-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlar bandligini ta’minlash va aholi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishidagi amaliy o‘rganishlar davom etmoqda.

📍 Shu doirada tuman Kengashi deputati O‘. Shukurov tomonidan Do‘rmonsoy MFY hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholi daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

💰 Shuningdek, mahalladan tushayotgan soliq tushumlari holati ko‘zdan kechirilib, ularning shakllanishi va dinamikasiga e’tibor qaratildi.

🌱 Issiqxonalar tashkil etish uchun ajratilgan kreditlarning maqsadli yo‘naltirilishi va ulardan foydalanish holati ham o‘rganildi.

✍️O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 2