HAMKORLIKDA DEPUTATLIK NAZORATI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlarining biriktirilgan tashkilotlar hamda doimiy komissiyalar bilan hamkorlikdagi ishlari izchil davom ettirilmoqda.
📌 Shu doirada deputat N. Dusmurodov tomonidan “Marakand ko‘mir” ombori faoliyati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida ko‘mir zaxirasi, uni saqlash holati, aholiga yetkazib berish jarayoni hamda 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.
🗣 Tashkilot mas’ullari bilan muloqot davomida mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha fikr va takliflar bildirildi.
Deputat, biriktirilgan tashkilot va doimiy komissiya hamkorligi — hududdagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va amaliy yechim topishga xizmat qiladi.