Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. G‘afforov hamda Toyloq tuman elektr tarmoqlari korxonasi bosh muhandisi S. To‘xtayev tomonidan 10-Payshanbasiyov vakant saylov okrugiga qarashli Qo‘shchinor mahallasining Tojikguzar qishlog‘ida nuroniy otaxonlarning murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.
Murojaatda hudud elektr ta’minotini yaxshilash, 40 dona temir-beton ustun o‘rnatish hamda 1 km SIP havo elektr tarmog‘i tortish masalalari ko‘rib chiqildi.
Mazkur ishlarni amalga oshirish uchun tuman hokimligining orttirilgan mablag‘lari hisobidan navbatdagi sessiya qarori asosida mablag‘ ajratish belgilandi.