Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosi Ravshan Umarovning “Asaka” ko‘chasida yotiq yo‘l belgilarini qayta chizish yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB boshlig‘iga yuvorilgan deputat so‘roviga rasmiy javob olindi.
Javob xatida ma’lum qilinishicha, deputat so‘rovida ko‘rsatilgan holat yuzasidan mutaxassislar ishtirokida hududga chiqib o‘rganish ishlari olib borilgan.
O‘rganish natijasida “Asaka” ko‘chasidagi yotiq yo‘l belgilari qayta chizildi va deputat so'rovi ijobiy hal etildi.