35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

VASILA ALIMOVA 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️XALQ DEPUTATLARI TOSHKENT SHAHAR KENGASHI DEPUTATI VASILA ALIMOVA 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 40-“Boshliq” saylov okrugidan saylangan deputati Vasila Alimova Yakkasaroy tumanidagi “Dilbuloq” mahalla fuqarolar yig‘ini majlislar zalida saylovchilar bilan uchrashib, 2026-yilning ikkinchi choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan axborot berdi.

🤝 Yig‘ilishda Yakkasaroy tumani hokimligi mas’ul xodimlari, “Dilbuloq” mahallasi raisi Isomiddin Xojiyev, hokim yordamchisi, uyboshilar, mahalla faollari va fuqarolar ishtirok etdi. Uchrashuvda hududlarda olib borilgan o‘rganishlar, aholi murojaatlari, infratuzilma, ijtimoiy himoya, bandlik hamda hududlarni rivojlantirishga oid masalalar muhokama qilindi.

🗣 Deputat axborotida Armug‘on, Boshliq, Dilbuloq, Meros, Muhandislar, Muqimiy, Qushbegi, Rakat, To‘qimachi va Yakkasaroy mahallalarida saylovchilar bilan ishlash, aholini qiynayotgan masalalarni joyiga chiqib o‘rganish va ularni mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish borasida amalga oshirilgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.

📈 Shuningdek, hududda aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish va tadbirkorlikka jalb etish borasidagi ishlar haqida ma’lumot berildi. Xususan, Yakkasaroy tumanida 2026-yilning birinchi yarim yilligida 28 285 nafar aholining bandligi ta’minlangan. Mahallalarda yangi mikroloyihalarni amalga oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda aholining barqaror daromad manbalarini shakllantirishga qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda.

🏢 Okrug hududidagi mahallalarda ham yangi loyihalar va ish o‘rinlarini yaratishga e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, “Qushbegi” mahallasida “Toyota” avtosalonini tashkil etish loyihasi doirasida 90 ta yangi ish o‘rni, “Rakat” mahallasida biznes markazi loyihasi hisobiga esa 150 ta yangi ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan.

🏫 “To‘qimachi” mahallasida 357-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini rekonstruksiya qilish va qo‘shimcha 720 o‘rinli yangi bino qurish loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 24,8 mlrd so‘mni tashkil etib, qurilish ishlari belgilangan tartibda olib borilmoqda.

🔺 Uchrashuv davomida “Dilbuloq” mahallasi aholisi tomonidan 5 ta muammo ko‘tarildi. Jumladan, pensiya ta’minoti, uzoq yillardan buyon sanatoriy yo‘llanmasini kutayotgan fuqaroga amaliy ko‘mak ko‘rsatish, tibbiy davolanish uchun yo‘llanma olish, avtoturargoh masalasi hamda Shota Rustaveli ko‘chasidagi elektr shiti yaqinida hosil bo‘lgan chuqurlik sababli aholi xavfsizligi bilan bog‘liq murojaatlar bildirildi.

🔎 Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar deputat va mas’ullar ishtirokida atroflicha muhokama qilindi. Ularni joyiga chiqib o‘rganish, tegishli tashkilotlar bilan birgalikda yechim choralarini belgilash, tuman miqyosida hal etilmagan masalalar yuzasidan deputatlik so‘rovlari yuborish hamda ijrosini deputatlik nazoratiga olish bo‘yicha kelishib olindi.

📚 Shu bilan birga, uchrashuvda mahalliy Kengash deputatlarining vakolatlari, deputatlik nazoratining ahamiyati, saylovchilar bilan ishlash mexanizmlari hamda fuqarolarning E-Kengash orqali deputatga elektron murojaat yuborish va qabulga yozilish imkoniyatlari haqida tushuntirish berildi.

✅ Yakunda Vasila Alimova Armug‘on, Boshliq, Dilbuloq, Meros, Muhandislar, Muqimiy, Qushbegi, Rakat, To‘qimachi va Yakkasaroy mahallalarida aholi bilan muntazam muloqotni davom ettirish, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni manzilli o‘rganish, ijtimoiy va infratuzilmaviy muammolarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish ustuvor vazifa ekanini ta’kidladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 8